tahlillarga mavsumiy chegirmalar
Aksariyat o‘smalar ilk bosqichda oson davolanadi, ammo millionlab odamlar saraton haqida juda kech bilib qolishadi. Onkologik kasallikni boshlang‘ich bosqichida oddiy tahlillar yordamida aniqlash oson. Tekshiruvdan o‘tish — o‘zingizga g‘amxo‘rlik qilish demak.
Faqat shu kuzda! Saratonni ilk bosqichda aniqlashga yoki hammasi joyida ekanligiga ishonch hosil qilishga yordam beradigan skrininglar uchun super narxlar!
Kolorektal saraton dunyodagi eng keng tarqalgan uchta onkologik kasallikdan biridir. Har yili 1 million kishiga ushbu tashxis qo‘yiladi. Odatda xavfli o‘sma zararsiz polipdan o‘sib chiqadi. Uning xavfli turga aylanishining ilk belgilaridan biri — axlatdagi ko‘zga ko‘rinmas qon zarrachalaridir.
Axlatni yashirin qonga tekshirish ichakning shikastlanganiga shubha qilishga yordam beradi. M2-piruvatkinaza fermenti tahlili esa saraton hujayralari faolligini ilk alomatlar paydo bo‘lishidan avval ko‘rsatadi.
Анализ позволяет выявить скрытое кровотечение из нижних отделов желудочно-кишечного тракта. Применяется в рамках скрининга колоректального рака и предраковых состояний.
Ko‘krak saratoni — ayollar orasida eng ko‘p tarqalgan saraton turlaridan biri. Odatda, kasallik uzoq vaqt o‘zini bildirmaydi: xuddi hammasi joyidadek, ammo bu vaqtda o‘sma o‘sishda davom etadi. Uni faqat tahlillar yordamida erta bosqichda aniqlash mumkin
Ko‘krak bezi saratoniga ko‘pincha BRCA1 va BRCA2 genlaridagi buzilishlar sabab bo‘ladi. Tahlil xavf omilini aniqlaydi. Oktyabr oyida skriningni chegirma bilan topshirish mumkin!
Мутации в генах BRCA1 и BRCA2 ассоциированы с повышенным риском развития рака молочной железы. Кроме того, они указывают на наследственную предрасположенность к некоторым другим видам рака.
ДНК-тест будет полезен пациентам с уже диагностированным раком, а также всем женщинам, которые хотят оценить индивидуальные риски его развития. Если по результатам исследования будут обнаружены мутации, врач сможет разработать индивидуальный календарь диагностического обследования, начать своевременное лечение на ранних стадиях и подобрать адекватную тактику терапии.
Prostata saratoni — erkaklar orasida eng ko‘p tarqalgan saraton turlaridan biri. Kasallik ko‘pincha yashirin rivojlanadi va yillar davomida hech qanday belgi bilan o‘zini namoyon etmaydi. Yaxshiyamki, o‘smani alomatlar paydo bo‘lishidan ancha oldin aniqlash mumkin. Buning uchun PSA darajasini tekshirish kifoya — bu prostata bezi salomatligining eng aniq ko‘rsatkichidir.
Noyabr oyini prostata bezi saratoni skriningi uchun chegirmalar oyi deb e’lon qilamiz! O‘z salomatligi uchun mas’uliyatni his qilish va tahlil topshirish — chinakam mardlikdir.
Дополнительный способ оценить уровень простатического специфического антигена (ПСА) — маркера заболеваний предстательной железы. Проводится, чтобы повысить точность диагностики при подозрении на рак простаты, а также для того, чтобы определить необходимость проведения биопсии простаты — первичной и повторной, если при первичной биопсии рак простаты не был обнаружен.
Tez-tez beriladigan savollar
Ichak saratoni ancha sekin rivojlanadi. Dastlabki xatarli hujayralar paydo bo‘lgan paytdan boshlab, alomatlar namoyon bo‘lgunga qadar bir necha yil o‘tishi mumkin.
Dastlabki bosqichlarda ichak saratoni ko‘pincha alomatlarsiz kechadi, ammo o‘simta rivojlanib borgan sari kasallik qorindagi og‘riqlar, ich ketishi va qabziyat, ko‘ngil aynishi, qorin dam bo‘lishi, meteorizm, shuningdek, axlatdagi qon bilan namoyon bo‘ladi. Axlatdagi qonni tahlillar yordamida aniqlash mumkin. Shuningdek, bemorning ishtahasi pasayishi va vazn yo‘qotishi ham kuzatiladi.
Hayot davomiyligi va sifati saraton qaysi bosqichda aniqlanganiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Agar kasallik birinchi yoki ikkinchi bosqichda, ya’ni o‘simta kichik va metastaz berishga ulgurmagan vaqtda aniqlansa, davolangan bemorlarning 91 foizi 5 yildan ortiq umr ko‘radi. To‘rtinchi, so‘nggi bosqichda esa besh yillik yashovchanlik ko‘rsatkichi 15 foizdan oshmaydi.
Ichak saratonida bemor qovurg‘a osti va yonbosh sohalarida o‘tkir yoki surunkali og‘riq sezadi — u o‘ng yoki chap tomonda joylashishi mumkin.
Ko‘krak bezi — ko‘krak qafasining oldingi yuzasida joylashgan juft a’zo. Ko‘krak bezi laktatsiya davrida sut ishlab chiqaradigan bez to‘qimasi, ko‘krakka shakl va hajm beradigan yog‘ to‘qimasi hamda uni tutib turuvchi biriktiruvchi to‘qimali tuzilmalardan tashkil topgan. Ko‘krak bezining asosiy vazifasi — yangi tug‘ilgan chaqaloqni oziqlantirish uchun sut ishlab chiqarish va ajratishdan iborat.
Kasallik dastlabki bosqichlarda o‘zini hech qanday namoyon qilmaydi. Keyinchalik o‘sayotgan o‘sma ko‘krakda qo‘lga sezilishi, ko‘krak uchidan g‘alati, ko‘pincha qon aralash ajralmalar kelishi, o‘sma ustidagi terining o‘zgarishi — shishishi, burishishi, qizarishi, yara va jarohatlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, ko‘krak yoki qo‘ltiq ostida og‘riq kuzatilishi, limfa tugunlari kattalashishi mumkin.
Agar ko‘krak bezi salomatligi bilan bog‘liq biror xavotiringiz bo‘lsa, mammologga murojaat qilishingiz kerak: shifokor zarur tekshiruvlarni tayinlaydi.
Ko‘krak bezi saratoni xavfini baholash BRCA1 va BRCA2 genlaridagi o‘zgarishlarni aniqlaydigan genetik qon tahlili yordamida amalga oshiriladi.
Ko‘krak bezi saratonini davolashning muvofiq usulini tanlash o‘smaning xususiyati, bemorning yoshi va salomatligining umumiy holatiga bog‘liq. Shifokor o‘smani olib tashlash bo‘yicha operatsiyani ham, nur yoki dori-darmon terapiyasini yoxud ularning birgalikdagi ko‘rinishini ham tavsiya qilishi mumkin.
Prostata, ya’ni prostata bezi — erkak reproduktiv tizimiga kiruvchi kichik a’zo. Uning asosiy vazifasi tarkibida biologik faol moddalar saqlovchi suyuqlik — sekret ishlab chiqarishdan iborat. Prostata bezi sekreti tufayli spermatozoidlar o‘z yashovchanligi va harakatchanligini saqlab qoladi. Bu ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi erkak fertilligiga ta’sir qiladi.
Dastlabki bosqichlarda kasallik o‘zini hech qanday namoyon qilmaydi. Agar bemorda prostata adenomasi ham bo‘lsa, u adenoma bilan bog‘liq siydik chiqarishdagi buzilish alomatlarini sezadi. Keyinchalik o‘sib borayotgan o‘sma boshqa a’zolarga bosim o‘tkazib, bel va chanoqda og‘riqlar paydo qiladi, metastazlar yuzaga kelganda esa bemor suyak va limfa tugunlarida og‘riq sezishi mumkin.
Prostata bezi salomatligi borasida xavotirlaringiz bo‘lsa, urolog ko‘rigiga borganingiz ma’qul: shifokor zarur tekshiruvlarni tayinlaydi.
Prostata saratoni skriningi uchun umumiy PSA (prostatik spetsifik antigen) darajasini aniqlaydigan qon tahlili yoki umumiy PSA va erkin PSA uchun kompleks tahlil buyuriladi.
Prostata saratonini davolashning maqbul usulini tanlash o‘sma xususiyatiga, bemorning yoshi va salomatligiga bog‘liq. Shifokor kechiktirilgan davolashni, prostatani olib tashlash operatsiyasini, nur yoki dori terapiyasini tavsiya qilishi mumkin.