Kolposkopiyaga tayyorgarlik

  • Kolposkopiya hayz kunlaridan tashqari istalgan kunda o‘tkaziladi. Hayz ajralmalari ginekolog shifokorga qin va bachadon bo‘yni shilliq qavatini ko‘zdan kechirishga to‘sqinlik qiladi.
  • Tekshiruvdan 24 soat oldin jinsiy aloqadan butunlay tiyilish, qinni yuvish, dori-darmonlar qo‘llash va tamponlardan foydalanishdan saqlanish lozim.
  • Agar ayol muolajadan 24 soatdan kamroq vaqt oldin bachadon bo‘yni va servikal kanalning sitologik tekshiruvidan o‘tgan bo‘lsa, kolposkopiya o‘tkazilmaydi.
  • Ginekologik surtmalar olingandan va qin ichi datchigi bilan UTT o‘tkazilgandan so‘ng ham kolposkopiya qilinmaydi. (Ginekologik surtmani kolposkopiyadan 2 kun o‘tgach topshirsa bo‘ladi.)

Quyidagi hollarda tekshiruv o‘tkazilmaydi:

  • bemor 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsa;
  • bokiralik (yoshidan qat’i nazar);
  • tug‘ruqdan keyingi davr (dastlabki 6-8 hafta);
  • yaqinda bachadon bo‘ynini destruktiv va jarrohlik usullari bilan davolash o‘tkazilgan bo‘lsa, shuningdek, homiladorlikni to‘xtatish bo‘yicha yaqinda jarrohlik amaliyoti bajarilgan bo‘lsa;
  • sirka kislotasi va yod preparatlariga nisbatan allergiya mavjud bo‘lsa;
  • o‘tkir yallig‘lanish jarayoni kuzatilganda.
В начало страницы
Выберите город
Ваш город
Ташкент