Soch va tirnoq tekshiruvlariga tayyorgarlik

Mineral almashinuvi tahlili

Soch

Sochni boshning bir necha joyidan — ensa, chakka, tepa, peshona qismidan ildiziga yaqin joydan kesib olish lozim. Bo‘yalgan sochlar bo‘yalganidan keyin kamida ikki hafta o‘tgach tahlil qilinishi mumkin. Biomaterial olinganidan so‘ng 24 soat ichida muhrli konvertda bemor haqidagi ma’lumotlar va tekshiruv maqsadi ko‘rsatilgan holda laboratoriyaga yetkazilishi kerak.

Tirnoqlar

Tekshirish uchun qo‘lning barcha barmoqlaridan tirnoqlar kesib olinadi (jami 10 ta tirnoq). Tirnoqlarga lak surtilgan bo‘lmasligi kerak. Tirnoqlar toza plastik idishga joylashtiriladi. Namunalar yig‘ilganidan so‘ng 24 soat ichida laboratoriyaga yetkazilishi lozim.

В начало страницы
Выберите город
Ваш город
Ташкент