PZR tekshiruvlariga tayyorgarlik
Umumiy qoidalar
Biomaterial olinishidan 10-14 kun oldin dori-darmonlar qabul qilishni va davolash muolajalarini to‘xtatish lozim.
Qon och qoringa topshirilishi kerak.
Siydik (birinchi porsiyasi) ertalab uyqudan so‘ng yig‘iladi. Biomaterialni laboratoriyaga o‘sha kunning o‘zida 2-3 soat ichida yetkazish lozim.
Surtma: tekshiruvdan 24 soat oldin qinni chayish, qin ichiga dori yuborish (svechalar, tamponlar), antiseptik vositalardan (jumladan, miramistin) foydalanish va jinsiy aloqa qilish man etiladi.
Erkaklar uchun surtma: tekshiruvdan oldin 2-3 soat davomida siymaslik kerak.
Ayollar uchun surtma: hayz paytida material olinmaydi.
Homilador ayollar uchun surtma:
- 21 haftagacha bo‘lgan muddatda, agar homiladorlik uzilish xavfi bo‘lmasa — tekshiruv uchun biomaterialni laboratoriya bo‘limida hamshira oladi;
- 22-30 haftalik muddatda, agar homiladorlik uzilish xavfi bo‘lmasa — tekshiruv uchun biomaterialni laboratoriya bo‘limidagi ginekolog shifokor oladi (oldindan yozilish talab qilinishi mumkin, bu haqda ma’lumotni administratordan oldindan aniqlash lozim). Shuningdek, bo‘limga keltirilgan biomaterialni ham tekshirish mumkin;
- homiladorlikning 31-haftasidan boshlab va undan keyin, shuningdek, homiladorlik uzilish xavfi bo‘lganda — faqat bo‘limga olib kelingan biomaterial qabul qilinadi;
- homiladorlikning har qanday muddatida homiladorlik uzilish xavfi tug‘ilganda — faqat bo‘limga olib kelingan biomaterialni tekshirish qabul qilinadi.
Alohida tekshiruvlar
So‘zak uchun material olish
Tayyorgarlikning umumiy qoidalariga amal qilish lozim. Tekshiruvdan 3-4 soat oldin siyishdan tiyilish kerak. Tekshiruv arafasida jinsiy a’zolarni yuvish man etiladi.
Ayollarda namuna hayz ko‘rishdan oldin yoki hayz tugagandan so‘ng 1-2 kun o‘tgach olinadi.
Gemofilus influenza, Neisseria meningitidis, Streptococcus pneumoniae
Tomoqdan surtma och qoringa yoki ovqatlanishdan 3 soat o‘tgach olinadi. Shuningdek, 3 soat davomida tish tozalash, og‘izni suv bilan chayqash va ichimlik ichish mumkin emas. Tahlil antibiotik davolash boshlanishidan oldin yoki u tugagandan so‘ng kamida 14 kun o‘tgach o‘tkaziladi.
Shigella va enteroinvaziv E. coli, Salmonella, Kampilobakteriyalar
Axlatni antibiotiklar va kimyoterapevtik dorilarni qabul qilishdan oldin topshirish lozim. Agar buning iloji bo‘lmasa, dori qabul qilingandan so‘ng kamida 12 soat o‘tgach topshirish mumkin.